37
Oltinni noqonuniy qazish bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar aniqlandi
Ma’lum bo‘lishicha, tumanning Minishkor mahallasi hududidagi yaroqsiz holatga kelib qolgan yer osti shaxtasi mahalliy aholi tomonidan o‘zlashtirib olingan. Ular noqonuniy tarzda muntazam yer osti ma’danli toshlarini qazish, oltin ajratib olish, qayta ishlash va sotish bilan shug‘ullangan.
Mahalla hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1984 yilda tug‘ilgan, mavsumiy ishchi X.X., 1997 yilda tug‘ilgan sport maktabi murabbiyi N.O., 1987 yilda tug‘ilgan tuman obodonlashtirish bo‘limi ishchisi O.S. noqonuniy tarzda oltin rudalarini qazish bilan shug‘ullanayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.
Bundan tashqari, ushbu shaxtada Navoiy shahri, Xatirchi, Qo‘shrabot, Paxtachi tumanlarida istiqomat qiluvchi yana 9 nafar fuqaro ham noqonuniy faoliyat olib borganligi aniqlanib, ularga tegishli bo‘lgan jihozlar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirildi.
Hozir mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring