+14° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 26 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
19-02-2024, 23:54
36

EI Apple’ni 500 mln yevro jarimaga tortmoqchi

Evropa Ittifoqi AQShning Apple korporasiyasini raqobat to‘g‘risidagi qonunni buzganligi uchun jarimaga tortmoqchi.

Texnologik gigantga nisbatan jarima miqdori taxminan 500 million yevroni (539 million dollar) tashkil etadi, deb yozadi Reuters Financial Times nashriga tayanib.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili Yevrokomissiya Apple’ni App Store qoidalari tufayli musiqa strimingi bozoridagi raqobatni buzganlikda ayblagandi.

2022 yilda Niderlandiya hukumati Apple’ni tanishuv ilovalari ishlab chiqaruvchilariga App Store mexanizmlarini chetlab o‘tuvchi muqobil to‘lov usullaridan foydalanishga to‘sqinlik qilgani uchun 5 million yevro jarimaga tortgandi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта