+14° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 26 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
19-02-2024, 23:10
28

Bishkekda Falastin milliy taomlari oshxonasi ochildi

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida falastinlik Kifaya ismli ayol vatandoshlari bilan birgalikda «Palestina» nomli milliy taomlari oshxonasini ochdi. Bu haqda «Umma» islomiy jurnal xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, muassasa daromadining 15 foizini insonparvarlik yordami sifatida Falastinga yuboradi.

E’lon qilingan videolavhadan ko‘rish mumkinki, oshxona falastin milliy liboslari, kufiya va bayroqlar bilan bezatilgan.

«Ushbu oshxonani ochishdan maqsad barcha qirg‘izistonliklarga va butun dunyoga arab, ayniqsa Falastin madaniyatini namoyish etishdan iborat», - dedi oshxona ta’sischisi Kifaya.

Uning qo‘shimcha qilishicha, taomlarga qo‘llaniluvchi ziravorlar maxsus Falastindan va arab davlatlaridan keltirilgan.

Kelgusida oshxonada nafaqat arab milliy taomlari, balki manti, lag‘mon, sho‘rva kabi mahalliy oshxona ovqatlaridan ham tayyorlash rejalashtirilmoqda.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта