+14° Kechasi +7°
Andijon (Bugun, 26 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
15-02-2024, 21:27
36

Qatarlik investor Qozog‘iston bankini sotib olmoqchi

Bosh qarorgohi Dohada joylashgan Lesha Bank Qozog‘iston bankining “Bayterek” xoldingiga tegishli aksiyalarini sotib olish rejasini ma’lum qildi.

Bu haqda Qatar fond birjasi saytida chop etilgan rasmiy bayonotda aytiladi.

- Lesha Bank 2024 yil 14 fevralda “Bayterek” UBX” AJ bilan Qozog‘iston Respublikasida bankning to‘liq ustav kapitalini potensial sotib olish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi, — deyiladi xabarda.

Bitimning taqdiri, bayonotda aytilganidek, sotib olish munosabati bilan tomonlar o‘rtasida tuziladigan yakuniy bitim shartlarini muvaffaqiyatli kelishib olishlariga bog‘liq bo‘ladi.

Bayonotda qaysi Qozog‘iston banki haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, “Bayterek” UBX” 2022 yil sentyabr oyida Bereke Bankning yagona egasiga aylandi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта