+14° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 26 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
01-02-2024, 13:16
36

Tadbirkorlar Reytingda yuqori ballga ega bo‘lish uchun nima qilishi kerak?

SSP axborot xizmati ma’lum qilishicha, reyting baholash mezonlari 23 ta va ular 3 ta guruhga bo‘lingan.

???? Birinchisi – hamma uchun bir xil bo‘lgan umumiy 10 ta mezon ko‘zda tutilgan. Mazkur mezonlar orqali tadbirkor 100 ball olish imkoniyati mavjud.

???? Ikkinchisi – kamaytiruvchi 9 ta mezon. Bu mezonlar qonunchilik talablari buzilgan holatlar yoki hisobotlarga qayta-qayta tuzatish kiritib taqdim etgan holatlar, bir hududdan boshqa hududga ko‘chish yil davomida ko‘payib ketsa ishlaydi.

???? Uchinchisi – rag‘batlantiruvchi 4 ta mezon. Ijtimoiy reestr, ayollar daftariga kirgan fuqarolarni ishga olgan va ular umumiy xodimlarining 10 foizidan ko‘proqni tashkil qilgan tadbirkorlik sub’ektlariga 5 balldan 10 ballgacha qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi ball beriladi.

Tadbirkorlik sub’ektlarini baholashda faoliyatni uzoq davom ettirish, soliq hisobotlarini belgilangan muddatda taqdim etish, soliqlarni o‘z vaqtida ixtiyoriy to‘lash kabi holatlar asosiy rol o‘ynaydi.

Shuning uchun soliq majburiyatlarini vaqtida va ixtiyoriy bajarish reytingda yuqori ball olishni kafolatlaydi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта