34
Mikromoliya tashkilotlarining kredit portfeli banklarnikidan tozaroq — Bakiroo
Markaziy bank 2023 yil yakulari bo‘yicha Nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy holati to‘g‘risidagi sharhni taqdim etmoqda.
Iqtisodchi-bloger Otabek Bakirovga ko‘ra, sharhda mikromoliya tashkilotlarining natijalari juda qiziq, ayniqsa tijorat banklariga solishtirganda.
“Demak, 2023 yil davomida mikromolimya tashkilotlari soni bittaga kamaygan va 84tani tashkil etgan. Ularning aktivlari 2,2 barobarga, 4,5 trln.so‘mgacha o‘sgan. Kredit qo‘yilmalari esa 2,3 barobarga o‘sib, 4,1 trln.so‘mga yetgan. Boshqacha aytganda, hozirda mikromoliya tashkilotlarining jami aktiv va kredit ko‘lami eng kichik 10ta banknikidan ko‘proq.
Mikromoliya tashkilotlarining muammoli kreditlari (NPL 90+) qoldig‘i 88 mlrd.so‘mni tashkil etgan, yoki portfelning 2,1%i. Solishtirish uchun tijorat banklarida NPL ulushi rasmiy hisobotlarda 3,5% etib ko‘rsatiladi (kredit foizi qancha yuqori bo‘lsa risk shuncha yuqori bo‘lishi haqidagi andozalar mif ekanligi yana bir yaqqol misol).
Mikromoliya tashkilotlarining kapitali yil davomida 1,5 barobarga ko‘paygan va 2,2 trln.so‘mni tashkil etgan. Ular jami 675 mlrd.so‘m sof foyda olishgan va 39%lik kapital rentabelligini ko‘rsatishgan. Solishtirish uchun banklarning kapital rentabelligi 14,2%.
Mikromoliya tashkilotlarining yuqori natijalari nima bilan bog‘liq, degan savol qo‘yilsa, bu segmentda qo‘li tegsa hamma narsani buzadigan o‘zbek chinovnigining aralashuvi yo‘qligida, regulyator yaratgan teng imkoniyatlarda, qanaqadir zararkunanda imtiyozlar mavjud emasligida, degan javob eng to‘g‘risi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, belgilangan vazifalar o‘z vaqtida bajarilsa, 2024 yil 1 apreldan boshlab 50 mlrd.so‘m bilan mikromoliya banklarini tashkil etish mumkin bo‘ladi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring