“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev O‘zbekiston delegasiyasining Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vise-prezidenti Sachiko Imoto bilan bo‘lgan uchrashuvida qatnashdi.
Muloqotda “O‘zbekistonda chorvachilik sohasini rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar va investisiya loyihalarini moliyalashtirish masalalari muhokama etildi.
Dastlab, JICA rahbariyatiga mamlakatimizda charm-poyabzal sohasini rivojlantirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xom ashyoni chuqur qayta ishlash, undan tayyor mahsulotlar olish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi, investisiya, eksport salohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Muloqotda “O‘zbekistonda chorvachilik sohasini rivojlantirish” loyihasi doirasidagi dasturlarni moliyalashtirish masalasi atroflicha muhokama etildi. JICA rahbariyati loyiha doirasida 200 million dollar mablag‘ ajratilishini ma’lum qildi.
JICA dan jalb etiladigan mablag‘lar chorvachilik, charmsanoat, baliqchilik, parrandachilik sohalaridagi tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozli kreditlar berish orqali moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.
Jumladan, Ushbu o‘zlashtiriladigan mablag‘larning 40 million dollari terini qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishda faoliyat yuritish niyatida bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozli kredit shaklida ajratiladi, deb xabar beradi “O‘zcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring